Yuristlar uchun rus tili — A2 dan B2 gacha
Murojaatga javob xati, shikoyat, maslahat, majlis, sud va huquqiy xulosa — ishda kerak bo‘ladigan rus tili bitta kitobda. Kitobning 15 betini shu yerda varaqlab ko‘ring.


Kitobdan 15 bet — o‘zingiz ko‘ring
Muqova, mundarija, 1-darsning deyarli hammasi, B1 va B2 darajadagi betlar hamda hujjat shablonlaridan 3 bet. Suring yoki betni bosib kattalashtiring.
Ariza — 1 daqiqa
Hozirgi rus tili darajangiz qanday?
Aniq bilmasangiz — taxminiy tanlang, qo'ng'iroqda aniqlaymiz
Kurs formati va narxini menejer aytib beradi. Ariza bepul va hech narsaga majburlamaydi.
Ishingizdagi vaziyatlar — rus tilida
Kitob mavzulari yuristning kundalik ishidan olingan. Har darsda o‘qish, tinglash, gapirish, yozish, leksika va grammatika — hammasi bir mavzu atrofida.
Misollar ijtimoiy himoya sohasidan
Kitob qahramoni Baxtiyor — Ijtimoiy himoya milliy agentligi yuristi: fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarga javob yozadi, majlisda va sudda gapiradi. Kitob ishda rus tili kerak bo‘ladigan yuristlar va davlat xizmatchilari uchun: murojaat, javob xati, shikoyat, qaror va sud hujjatlari ko‘p sohalarda bir xil tuzilgan.
24 dars — tanishuvdan sud majlisigacha
Uch qism, har birida 8 dars. A2 qismida topshiriqlar ruscha va o‘zbekcha, grammatikaga o‘zbekcha izoh berilgan; B1 va B2 da hammasi ruscha, tarjima so‘zlar jadvalida.
Ishdagi birinchi qadamlar
- 1Я юрист агентстваtanishuv, lavozim, bo‘lim
- 2Мой рабочий деньish jadvali, fuqarolarni qabul qilish
- 3Документы, пожалуйстаnafaqa uchun hujjatlar
- 4Приём гражданqabuldagi savol va shikoyatlar
- 5Звонки и встречиtelefon, qabulga yozish, seminar
- 6Семья и социальная помощьoila tarkibi, «Inson» markazi yordami
- 7По городуsud, hokimiyat, mahalla, notarius, bank
- 8Мой первый отчёт1-qism yakuni: haftalik hisobot
Huquqiy maslahat
- 9Права и обязанностиfuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlari
- 10Шаг за шагомyordamga ariza berish tartibi
- 11Что говорит законnogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari
- 12Если…maslahat: «Agar… bo‘lsa, nima bo‘ladi?»
- 13Цифры и отчётыbo‘lim statistikasi, tahliliy ma’lumotnoma
- 14Жалобы и претензииnorozi fuqaro bilan xotirjam gaplashish
- 15Кто что сказалarizachi bilan suhbatni rahbarga yetkazish
- 16Ответ на обращениеmurojaatga to‘liq javob xati
Yurist ish ustida
- 17Язык законаhuquqiy matnning xususiyatlari
- 18Совещаниеmunozarali holatni muhokama qilish
- 19Официальный стильnizom, brifing, press-reliz
- 20Решение принятоqaror, buyruq, rad javobi va shikoyat tartibi
- 21В судеfuqaroning organ qaroriga qarshi ma’muriy suddagi nizosi
- 22Защита ребёнкаvasiylik, idoralararo hamkorlik
- 23Международный диалогxalqaro hamkorlar bilan muloqot
- 24Моё выступлениеkurs yakuni: ma’ruza va esse
Har dars bir xil tuzilgan
mavzuga kirish uchun 2–3 savol
14–24 so‘z: tarjima va misol bilan
kasbiy yoki hayotiy matn va topshiriqlar
qoida, jadval, 3–4 mashq
audio yozuv va topshiriqlar
rolli o‘yin «yurist — fuqaro» va monolog
namuna bo‘yicha hujjat yoki xat
6 band — o‘zingizni tekshirasiz
4 ta test: kirish testi (qaysi darsdan boshlashni ko‘rsatadi) va 8, 16, 24-darslardan keyin barcha ko‘nikmalar bo‘yicha nazorat ishi.
35 ta hujjat shabloni — o‘zbekcha ↔ ruscha
Alohida to‘plam. Har bir hujjat ikki ustunda: chapda o‘zbekcha, o‘ngda ruscha, qatorma-qator. Har shablondan keyin — yod olinadigan iboralar va tarjima nozikliklari.
- Nafaqa tayinlash to‘g‘risida arizaЗаявление о назначении пособия
- Moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida arizaЗаявление об оказании материальной помощи
- Fuqaroning shikoyatiЖалоба гражданина
- Murojaatga javob (ijobiy)Ответ на обращение (положительный)
Yana 6 ta
- Murojaatga rad javobi va shikoyat qilish tartibini tushuntirishОтвет с отказом и разъяснением порядка обжалования
- Murojaatni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida xabarnomaУведомление о продлении срока рассмотрения
- Murojaat vakolatli organga yuborilganligi to‘g‘risida xabarnomaУведомление о направлении по компетенции
- Oila tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomaСправка о составе семьи
- Nafaqa olish (olmaslik) to‘g‘risida ma’lumotnomaСправка о получении (неполучении) пособия
- IshonchnomaДоверенность
- Ma’muriy sudga da’vo arizasiИсковое заявление в административный суд
- Da’vo arizasiga e’tiroz (javob)Отзыв (возражение) на исковое заявление
- Apellyatsiya shikoyatiАпелляционная жалоба
- IltimosnomaХодатайство
Yana 4 ta
- Huquqiy xulosaПравовое заключение
- Talabnoma (pretenziya)Претензия
- Vasiylik va homiylik organining xulosasiЗаключение органа опеки и попечительства
- Kelishuv bitimi (asosiy bandlari)Мировое соглашение (основные пункты)
- Xizmat xatiСлужебная записка
- BildirgiДокладная записка
- Tushuntirish xatiОбъяснительная записка
- BuyruqПриказ
Yana 5 ta
- Nafaqa tayinlash (rad etish) to‘g‘risida qarorРешение о назначении (об отказе) пособия
- Majlis bayonnomasiПротокол совещания
- Uy-joy sharoitini o‘rganish dalolatnomasiАкт обследования жилищно-бытовых условий
- TavsifnomaХарактеристика
- Xodimning mehnat ta’tili berish to‘g‘risidagi arizasiЗаявление о предоставлении отпуска
- Davlat organiga so‘rov xatiЗапрос в государственный орган
- So‘rovga javob xatiОтвет на запрос
- Ilova xati (kuzatuv xati)Сопроводительное письмо
- Axborot xatiИнформационное письмо
Yana 4 ta
- Tadbirga taklifnomaПриглашение на мероприятие
- Hamkorlik to‘g‘risida memorandumМеморандум о сотрудничестве
- Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomaДоговор об оказании социальных услуг
- Kafolat xatiГарантийное письмо
To‘plamda nima bor
24 dars, kirish testi va 3 ta nazorat ishi
35 ta hujjat, o‘zbekcha ↔ ruscha
darslar va nazorat ishlari uchun yozuvlar
Anki va Quizlet uchun so‘z va iboralar
Shuningdek: javoblar kaliti va audio matnlari. Kitob taxminan 6 oyga mo‘ljallangan: har dars uchun 90 daqiqalik 3 ta mashg‘ulot va uy vazifasi.
Savollar
Ijtimoiy himoya sohasida ishlamayman — kitob menga to‘g‘ri keladimi?
Kitobdagi misollar ijtimoiy himoya sohasidan: bosh qahramon — Ijtimoiy himoya milliy agentligi yuristi. Lekin murojaat va javob xati, shikoyat, maslahat, majlis, sud va huquqiy xulosa — ko‘pchilik yurist va davlat xizmatchilarining kundalik ishi. Sizning ishingizga qanchalik mosligini menejer bilan aniqlab olasiz.
Qaysi darajadan boshlash kerak?
Kitob A1/A2 darajadan boshlanadi: kirill harflarini o‘qiy olasiz va oddiy iboralarni bilasiz. Boshida kirish testi bor — u qaysi darsdan boshlashni ko‘rsatadi. Maqsad — ishonchli B2.
Tushuntirishlar qaysi tilda?
A2 qismida topshiriqlar ruscha va o‘zbekcha, grammatikaga o‘zbekcha izoh berilgan. B1 va B2 da hammasi ruscha, o‘zbekcha tarjima so‘zlar jadvalida qoladi.
Hujjat shablonlari qanday ishlatiladi?
Har bir hujjat ikki ustunda: chapda o‘zbekcha, o‘ngda ruscha — bir qator hujjatning bir qatoriga to‘g‘ri keladi. Har shablondan keyin yod olinadigan iboralar va tarjima nozikliklari beriladi. Keyin shablon bo‘yicha o‘z hujjatingizni tuzasiz.
Kitob qancha vaqtga mo‘ljallangan?
Taxminan 6 oyga: har dars uchun 90 daqiqalik 3 ta mashg‘ulot va uy vazifasi. Kurs formati va jadvalini menejer aytib beradi.
Narxi qancha?
Kurs formati va narxini menejer aytib beradi. Ariza qoldirish bepul va hech narsaga majburlamaydi.